YTH oqibatida avtomobildagi uch nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan

Kecha, 15 dekabr kuni taxminan soat 22:30 da 25 yoshli G‘.A. “Matiz” rusumli avtomashinasini A-380 “G‘uzor-Qarshi” avtomobil yo‘li bo‘ylab Qarshi shahri tomonga qarab kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan va yo‘lning o‘ng tomon chetidagi temir to‘siqqa urilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi G‘.A. hamda yo‘lovchilari - 31 yoshli Sh.B. va 32 yoshli R.X.lar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zR JKning 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.