“Yuqori nuqta” YPX postida 30 mingga yaqin qalbaki dollarning  muomalaga kiritilishining oldi olindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi va viloyat DXX xodimlari hamkorligida qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX postida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan fuqaro X.B. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirildi.

Fuqaro X.B. xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan ayrim kupyuralarning seriya raqami bir xil bo‘lgan 29 ming 900 AQSh dollari chiqadi. Holatga oydinlik kiritilgunga qadar qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.