Yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan qizaloqqa Samarqand harbiy prokuraturasi yordam berdi
Samarqand shahridagi 16-harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan fuqaro S.Tursunboyevning farzandi tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga keldi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, yurakning nuqson qismiga Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan maxsus tibbiy apparat va 21 dona tibbiy anjomlar zarurligi, operatsiya qilishga esa katta miqdorda pul mablag‘i lozimligi aniqlangan.
Ushbu muammo 4 yildan buyon o‘z yechimini kutib kelayotgan edi. Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan bu holat o‘rganilib, ko‘mak berildi. Ya’ni, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan davlat byudjeti hisobidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Fariza Samadovaga order olib berildi. Operatsiya fevral oyining oxirida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli chiqqan Fariza hozirda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.
Harbiy prokuratura xodimlari tomonidan shu kunga qadar ushbu oila xolidan xabar olib kelinmoqda.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.