Yurtimizda havo keskin sovib, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

18-20 noyabrda O‘zbekiston hududlariga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 18-19 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 19 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

18-19 noyabrda respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda.

18-20 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 8-13° sovuqgacha, shimolda 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-15° ga kam bo‘lishi kutilmoqda.