Yurtimizda ilk bor yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan gaz olindi
- 28.09.2019 08:26
- 123
- O‘zbekiston
Kecha, 27 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Shimoliy Muborak” gaz kondensati konida O‘zbekistonda ilk bor “ERIELL Group” kompaniyasi yura davrigacha bo‘lgan qatlamlardan 400 metr kub gaz oqimini olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Paleozoy fundamentida joylashgan yura davrigacha bo‘lgan qatlamlarda unumdor gorizont aniqlandi (shamollatish qobig‘i).
Ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz hududida ilk bor ushbu qatlamlardan sanoat gazi olingani ahamiyatlidir.
Hozirgi paytda tadqiqotchilar gaz va kondensatning sanoat tavsiflarini va tovar xossalarini o‘rganish maqsadida ishga kirishdi.
Kelgusida ushbu qatlamlar “Janubiy Muborak”, “Shumak” va “Sho‘rtepa” konlarida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu gazli ob’yekt razvedkagacha xossaga ega bo‘lib, ayni damda qidirish-baholash ishlari davom ettirilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa