Yuzlab olimlar Baydenni birinchi yadroviy zarba huquqidan voz kechishga chaqirdi

Yuzlab olimlar AQSh prezidenti Jo Baydenni Vashington yadro qurolidan birinchi bo‘lib foydalanishni rejalashtirmayotganini rasman e’lon qilishga chaqirdi. Bu haqda The New York Post gazetasi yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, 700 ga yaqin ilmiy jamoatchilik vakillari, jumladan, 21 Nobel mukofoti sovrindori Amerika prezidentiga maktub yo‘llagan.

"Biz sizdan Amerika yoki uning ittifoqchilariga hujum qilingan taqdirdagina Qo‘shma Shtatlar yadro qurolidan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishini e’lon qilishingizni so‘raymiz", deyiladi maktubda. Olimlarning fikricha, Bayden shuningdek, "joylashtirilgan yadro kallaklari" sonini 1000 tagacha kamaytirishi va qit’alararo ballistik raketalardan voz kechishi kerak.

AQSh chegaralaridan tashqarida joylashgan yadro qurollarining aksariyati Yevropada. Amerika tashkilotining Qurol nazorati va tarqatmaslik markazining 2021 yil uchun hisob-kitoblariga ko‘ra, 100 ga yaqin Amerika yadro quroli NATOga a’zo beshta davlat - Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Turkiyadagi harbiy bazalarda saqlanadi.