“Zagranpasport” necha yil muddatga beriladi?

Prezident qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 7-bandiga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

➖tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;

➖bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;

➖25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi.

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra, ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.