Zelenskiy Rossiya bilan munosabatlar haqida keskin fikrlar bildirdi
Ukrainaning yangi prezidenti Zelenskiy o‘zining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yaqinda prezidenti V.Putinning "Ukraina bilan bizni tarixiy ildizimizning birligi, qon-qardoshlik rishtalari kabi ko‘p narsa bog‘lab turadi" degan gaplariga javoban, shuningdek, Rossiya bilan kelajakda qanday munosabatlar o‘rnatilishi haqida fikr bildirdi:
"Rossiya bilan qardoshlik qolmadi, o‘rtada faqat sim to‘siq qoldi, xolos" deb yozgan u.
Uning fikrlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainaning o‘zi egallab olgan qismining hatto millimetrlarigacha qaytarishi lozim.
U Rossiya bilan kelajakda qanday munosabatlar o‘rnatilishi haqidagi fikrlarini davom ettirib: "Qrimning bosib olinishi va Donbassda agressiya uyushtirilishi ortidan bizning Rossiya bilan qardoshligimiz tugagan. Faqatgina o‘rtamizdagi 2295 kilometrli sim to‘siq tortilgan chegara qoldi xolos. Rossiya yana qadrdon davlatga aylanishi uchun u bizdan zo‘rlik bilan tortib olgan yerlarini oxirgi millimetrgacha qaytarishi va Donbassdagi agressiyani to‘xtatishi lozim.
Ana shunda biz Rossiya bilan kelajakda yaqin hamkor va qadrdon davlatlar bo‘lishni muhokama qilsak bo‘ladi. Ungacha esa bizning qadrdonligimiz bo‘lmaydi" deb yozgan u.