Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Instagramda uyatsiz tasvirlarni joylashtirgan samarqandlik shaxsga jazo tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib borgan bo‘lsangiz bu yigitni yaxshi bilasiz. Huquqbuzar o‘ziga tegishli video kamerasi orqali 2019 yil aprel oyida jamoat joyi bo‘lgan, Samarqand shahar “Mirzo Ulug‘bek-Mustaqillik” ko‘chalarida plastik ichimlik idishiga suv solib, ushbu ko‘chalarda peshob qilish harakatini nomoyon qilib, odamlar e’tiborini tortadi. U jamoat tartibini buzib, ko‘pchilik fuqarolar oldida uyatsiz qiliqlarni ko‘rsatadi. Yurish-turish qoidalarini mensimasdan yozib olingan video tasvirlarni Instagram ijtimoiy internet tarmog‘iga joylashtirib, uni tarqatib yuboradi.

Bundan tashqari, u o‘zining noto‘g‘ri harakatlarini davom ettirib, 2019 yil 26 may kuni Samarqand shahar “Shoxrux” ko‘chasida xizmat olib borayotgan IIB YXHB xodimi sigaret chekib turgan holatini video tasvirga tushirib, ushbu joyda xizmat olib borayotgan Samarqand viloyat IIB PPXB xodimlarini oldiga borib, ko‘chada YPX xodimi sigaret chekib turganligini aytib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishni talab qiladi. Agar shu ish qilinmasa olingan video tasvirni Instagram tarmog‘iga joylashtirib yuborishi haqida ham aytadi. Bu ham yetmagandek, huquqbuzar ichki ishlar xodimlariga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularning qonuniy talabiga bo‘ysunmaydi. Ushbu harakatlarning barchasini video tasvirga olib, uni internet tarmog‘iga joylashtirib, tarqatib yuborgan.

IIV O‘XB Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan internetning Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘rganilganda, ushbu shaxs profilida boshqa odam fotosurati qo‘yilib, unda Samarqand shahar hududida, jamoat joylarida uyatsiz xatti-harakatlar qilingani va uni tasvirga olib internet tarmog‘iga joylashtirilgani aniqlangan.

Sud huquqbuzarni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topib, 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.