Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2020 yilda 18 ta yangi OTM faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Oliy ta’lim vazirligi 2020 yilda qilinishi kutilayotgan rejalarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Oliy ta’limga qamrov oshiriladi va ta’lim sifati yaxshilanadi. Shuningdek 18 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
10 ta mahalliy oliy ta’lim muassasasi;
3 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi;
5 ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.
Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.
18 ta yangi OTM tashkil etilishi va qo‘shma ta’lim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.
Muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga ko‘paytiriladi;
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi.
Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda o‘quv jarayoni kredit-modul tizimida tashkil etilib, ta’lim jarayonlarini elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi.