Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

3-qavatdan yiqilib tushgan talaba operatsiyadan muvaffaqiyatli chiqdi

13 noyabr kuni soat taxminan 15:30 atrofida Guliston davlat universitetining filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Yu.Q. universitet bosh binosi 3-qavati oynasidan telefon orqali suhbatlashayotgan vaqtida ehtiyotsizlik qilib, pastga tushib ketgan.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda tez tibbiy yordamga murojaat qilingan. Tibbiyot xodimlari tomonidan talabaga yordam ko‘rsatilib, so‘ng Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati filialiga olib borilgan va to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ushbu voqea yuzasidan Yu.Q. kursdoshlari bilan universitet ma’muriyati tomonidan suhbat o‘tkazilganida, guruh talabalari o‘rtasida hech qanday nizoli holat bo‘lmagani, Yu.Q.ning birov bilan tortishmagani ma’lum bo‘lgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan ma’lum qilishlaricha, Yu.Q. 14 noyabr kuni muvaffaqiyatli operatsiya qilingan. Hozirda uning umumiy ahvoli yaxshi. Universitet ma’muriyati va kursdoshlari uning ahvolidan xabar olib turishibdi.