Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda iqtisodiy sudlar 9 oyda 272 milliard so‘mlikdan ziyod soliq qarzlari undiruvini mol-mulkka qaratish bo‘yicha sud hujjatlari qabul qilgan

Bu haqda viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan anjumanda viloyat iqtisodiy sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Oybek Asatov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat, tuman, shahar hamda tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida viloyat, tuman, shahar hamda tumanlararo iqtisodiy sudlari tomonidan 11466 ta iqtisodiy ishlar mazmunan ko‘rilib, hal etilgan.

Ko‘rilgan nizoli ishlarning 76 foizi yoki 8463 ta ishlar sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilgan.

Ko‘rib hal etilgan ishlar bo‘yicha da’vogarlar foydasiga 417 milliard 262 million so‘m undirish haqida sud hujjatlari qabul qilingan.

Shu davrda Respublika byudjeti hamda sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga 9 milliard 441 million so‘m davlat boji undirilgan.

Bundan tashqari, kichik biznes sub’yektlari da’vogarligida ko‘rib chiqilgan 549 ta ishlardan 453 tasi qanoatlantirilgan va jami 69 milliard 211 million so‘m xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, jumladan, kichik biznes sub’yektlari foydasiga undirilgan.

Davlat soliq organlari tomonidan kiritilgan da’vo arizalar asosida soliq qarzi bo‘yicha undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish yuzasidan 272 milliard 111 million so‘m hamda kameral nazorat natijasida aniqlangan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish yuzasidan 55 milliard 429 million so‘m mablag‘lar davlat byudjeti foydasiga undirish to‘g‘risida sud hujjatlari qabul qilingan.