Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘onistonda tolibonlar hujumi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Tolibon ekstremistik harakati jangarilarining Afg‘oniston shimolidagi Tahar viloyatining hukumat blok – postiga hujumi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib xabar berdi.

Viloyat hokimiyati vakili Muhammad Javad Hijrining agentlikka bergan ma’lumotiga ko‘ra, hujum juma kuniga o‘tar kechasi sodir etilgan. Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining olti nafar xodimi halok bo‘lgan, to‘rt nafari yaralangan. Bundan tashqari, aholi yashash joyiga portlash snaryadi tushishi oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana ikkitasi jabrlangan.

Afg‘onistonda hukumat kuchlari va ilgari mamlakatning qishloq hududlarida katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum boshlagan Tolibon ekstremistik harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda, terroristik guruh “Islom Davlati” (IShID)ning ta’siri kuchaydi.