Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bir yarim oy oldin bedarak yo‘qolgan 17 yoshli qiz Chirchiqdan topildi

Tafsilotlarga ko‘ra, 2020 yil 1 dekabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi F.Sobirova tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi bilan birga yashovchi qizi - 2003 yilda tug‘ilgan N.Madaliyeva 1 dekabr kuni yashash manzilidan "Maktabga ketyapman", deb chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi haqida murojaat qilgan.

Toshkent viloyati bo‘yicha olib borilgan qidiruv-surishtiruv tadbirlari natijasida fuqaro N.Madaliyeva 2021 yil 20 yanvar kuni Toshkent viloyati IIB tezkor xodimlari va profilaktika inspektori tomonidan Chirchiq shahri 8 kichik tuman hududida yurganligi aniqlangan va sog‘-salomat oilasiga topshirilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.