Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxona boshqarmasi “Ishonch telefon”iga 11 oyda aholidan 78 ta murojaat tushdi

Tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklarning oldini olishda, tadbirkorlar huquq va manfaatlarining ta’minlanishida, taklif va tavsiyalarni o‘rganishda “Ishonch telefon”lari muhim ahamiyat kasb etyapti. Zero, “Ishonch telefon”lari xalq bilan muloqotning ta’sirchan va samarali usullaridan biri ekanini ta’kidlash lozim.

Joriy yilning 11 oy davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining (66)233-63-00 raqamli “Ishonch telefon”iga 78 ta murojaat kelib tushdi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasining 1108 raqamli “Ishonch telefon”i orqali esa viloyat boshqarmasi faoliyati yuzasidan jami 23 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 12 tasi jismoniy shaxslardan bildirilgan bo‘lsa, 11 tasi yuridik shaxslarga tegishlidir.

Xo‘sh, “Ishonch telefon”lariga kelib tushayotgan murojaatlarda qanday masalalar o‘z aksini topmoqda? Masalan, 21 nafar fuqaro bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha, 14 nafari esa imtiyoz berish to‘g‘risida murojaat etgan.

O‘tgan davr mobaynida 4 marotaba boshqarmaning “Ishonch telefoniga” bevosita xodimlarning xatti-harakati yuzasidan murojaat qilingan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganda, bojxona xodimlarining noqonuniy xatti-harakat sodir etganligi o‘z tasdig‘ini topmagan.

Hurmatli fuqarolar! Sizning viloyat bojxona boshqarmasi “Ishonch  telefoni” (66-233-63-00) orqali kelib tushgan murojaatlaringiz javobsiz qoldirilmaydi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.