Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda ETK xodimi fuqarodan bir million pora olayotganda qo‘lga olindi

Pora olish, berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatdir.

Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi ish yurituvidagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish davomida Bulung‘ur tumani, Sayiltepa MFYda yashovchi, tuman ETK xodimi, 1989 yilda tug‘ilgan N.S., Bulung‘ur tumani, Erganakli MFYda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan E.M.ning Erganakli qishlog‘ida joylashgan yangi qurilgan yashash uyiga elektr hisoblagichni o‘rnatib berish hamda tuman ETK kompyuter bazasida ishlovchi xodimlarga pora berib, hisob-kitob kompyuter bazasi ro‘yxatidan o‘tkazib berishni aytib, pora berishga qiziqtirgan va 1.000.000 so‘m pullarni firibgarlik yo‘li qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28,211-moddasi 1-qismi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilindi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.