Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urlik deputat so‘rov bilan kifoyalanmadi. Yo‘llar ta’mirlandi, simyog‘ochlar yangilandi

Xalq demokratik partiyasidan mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar Prezident Murojaati hamda partiya saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor bilan yondashmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashi deputati A.Mallayev Xo‘jabachcha, Qirqshoda mahallalarida mavjud muammolarni o‘rgandi.

O‘zaro suhbatlar davomida aniqlangan murojaatlar asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritildi. Bu orqali mavjud muammolar yuzasidan tushuntirish yoki va’da bilan kifoyalanilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Natijada, Xo‘jabachcha qishlog‘idagi 1,5 kilometr xo‘jaliklararo ichki yo‘lga tosh-shag‘al to‘kib tekislandi. Bundan tashqari, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida mavjud suv inshootini ta’mirlash ishlari boshlandi.

Shuningdek, Qirqshodi mahallasida yaroqsiz holatdagi beshta simyog‘ochlar yangi simyog‘ochlarga almashtirildi.

Deputat tomonidan okrug hududidagi mahallalarda ajrimlar sonini qisqartirish hamda tuy marosimlarini tartibli o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

- Davlatimiz rahbari biz deputatlardan nafaqat xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish, joylarda odamlar qanday kun ko‘rayotganini bilib borish, shu bilan birga, boshqaruv organlariga nisbatan talabchan bo‘lishimizni ta’kidlamoqda, - deydi A.Mallayev. – Bunday da’vatdan keyin saylov okrugida ishlamayotgan noibni xalq kechirmaydi.

Odamlarga nafingiz tegsa, qaysidir muammoning yechimida faollik ko‘rsatsangiz albatta, ular sizga ishonadi, ortingizdan ergashadi.

XDP viloyat kengashi axborot xizmati.