Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston hududi Volgabo‘yidan kelgan antitsiklonning sovuq va kam nam havosi ta’sirida bo‘ladi.

Mamlakatda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat iqlimiy me’yorlardan 7-9 darajaga past bo‘lib, 20-25 daraja iliqni tashkil qiladi.

Ertaga sovuq oqim chekinadi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tunda va ertalab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi.

Harorat kechasi antitsiklon ta’sirida 8-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 24-27 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo ochiq bo‘ladi, haroratning kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari mamlakat shimolida shamolning tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi mumkin.