Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dehlida o‘zbek ayoli kaltaklandi va zo‘rlandi

Hindistonda 31 yoshli o‘zbekistonlik ayolni uch erkak zo‘rlagan. Bu haqda “Aninews” xabar berdi deb yozmoqda togri.uz nashri.

Tajovuzkorlardan biri o‘z do‘sti bo‘lgan

Ayol janubi-g‘arbiy Dehlining Vasant Kunj tumanida avtomobilda zo‘rlab ketilgan.

Tajovuz shanba kuni ro‘y bergan. Ikki oy avval Hindistonga kelgan ayolning arizasida aybdorlardan biri bilan 7 oydan beri do‘st ekanligini ma’lum qildi.

Mazlum ayol o‘z arizasida do‘sti shanba kuni Vasant Kunjdagi supermarket yaqinida uchrashishga chaqirgan. Do‘sti u yerdan Gurgaonga ichida ikki do‘sti o‘tirgan mashinasida olib ketadi. Yigitlar unga hujum qilganini, qarshilik ko‘rsatganida esa kaltaklanib jinsiy tajovuz qilinganini yozgan.”

31 yoshli ayolni do‘sti kvartirasi yaqiniga tashlab ketadi. Voqeani dugonalariga so‘zlab bergan ayolni shifoxonaga olib borishadi. Shifoxona ma’muriyati bu holat yuzasidan politsiyaga xabar qiladi.

Hozirda politsiya jinoiy ish ochgan.