Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Diqqat: Blogerlar tanlovi boshlandi

Samarqand viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati hamkorlikda blogerlar va internet nashrlari o‘rtasida “Samarqandning arxitekturasi va obodonchiligiga befarq emasmiz” mavzusidagi materiallar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovningmaqsadi:

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan blogerlar o‘rtasida ijtimoiy dolzarb mavzularni qamraydigan blogerlik faoliyatini shakllantirish;

professional blog yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

Samarqandning tarixiy arxitekturasini asrab qolish va zamonaviy qiyofasi qanday bo‘lishi kerakligi bo‘yicha aholi munosabatini shakllantirishga hissa qo‘shish;

joylarda obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining asl ahvoli qandayligi to‘g‘risida mutasaddilarning mas’uliyatini oshirish;

pirovardida Samarqandning turistik salohiyatini namoyish etish, viloyatning o‘ziga xos tarixi, hududda istiqomat qilayotgan millat va elatlar madaniyati hamda o‘ziga xos an’analarini targ‘ib etishdan iborat.

Tanlovga o‘zbek va rus tillarida yozilgan (shuningdek, boshqa tillarda yozilgan va o‘zbek tiliga tarjima qilingan) blogpostlar qabul kilinadi.

Tanlovda nafaqat Samarqand viloyati, balki O‘zbekistondagi barcha blogerlar ishtirok etishi mumkin.

Blogerlar matn ko‘rinishida blogpost yozishi, unga 5 donagacha foto, 20 MV gacha bo‘lgan hajmdagi video fayllarni ilova qilishi mumkin. Matn asosidagi blogpostlar hajmi cheklanmagan.

Tanlovga hech qaysi internet saytlarida e’lon qilinmagan, 2019 yilning 1 mayidan 20 iyunigacha bo‘lgan muddat oralig‘ida chop etiladigan materiallar taqdim etilishi so‘raladi.

Bir nafar ishtirokchi tomonidan taqdim etiladigan blogpost 5 (besh) tadan kam bo‘lmasligi kerak.

Har bir material quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

- mavzuning dolzarbligi;

- originallik;

- yozish malakasi;

- shaxsiy va tahliliy fikr (g‘oya)ning mavjudligi;

- innovatsion va noodatiy uslub hamda yondashuvga egaligi;

- muammoga yechim taqdim etishi yoki taklif kiritishi (agar bo‘lsa).

G‘olib blogerlar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan eng yaxshi uch nafar ishtirokchi uchun mukofot beriladi.

Tanlov g‘oliblari 2019 yil 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi.

Blogpostlar www.zarnews.uz va boshqa saytlarda “Blogerlar tanlovi uchun” rukni ostida e’lon qilib boriladi.

Tanlovga blogpostlarni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarining [email protected] elektron pochtasiga yoki @zarafshonbot' telegram botiga jo‘natishingiz mumkin.

Tanlov nizomi bilan www.zarnews.uz va www.samaokb.uz da tanishishingiz mumkin.

Tashkiliy qo‘mita.