Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eng ko‘p abituriyent Samarqand davlat universitetida o‘qish istagini bildirdi

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qizg‘in davom etmoqda. Bakalavr ta’lim yo‘nalishining kunduzgi shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tayotgan yoshlar soni kun sayin ortib boryapti. Jumladan, 9 iyul holatiga ko‘ra, quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi abituriyentlarni qamrab olish bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turibdi.

1. Samarqand davlat universitetiga 21955 nafar;

2.Andijon davlat universitetiga 16575 nafar;

3. Urganch davlat universitetiga 15321 nafar;

4. Termiz davlat universitetiga 13985 nafar;

5. Jizzax davlat pedagogika institutiga 13562 nafar;

6. Qarshi davlat universitetiga 13273 nafar;

7. Qoraqalpoq davlat universitetiga 13217 nafar;

8. Toshkent davlat pedagogika universitetiga 12816 nafar;

9. Guliston davlat universitetiga 12626 nafar;

10. Farg‘ona davlat universitetiga 12141 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Mazkur ta’lim shakli bo‘yicha abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyulga qadar davom etadi.