Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Er xufiyona kuzatuv kamerasi orqali ayolining qilmishini oshkor etdi

Hazorasplik Sultonboy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib topgan daromadini uyining alohida xonasida saqlardi. Bir kuni pullari orasidan 500 AQSh dollari yo‘qoldi. Xonaning qulfi buzilmaganligini bilgan Sultonboy pul sanashda adashgan bo‘lsam kerak, degan fikrga bordi va e’tibor bermadi.

Oradan uch kun o‘tgach, yana 1000 dollar g‘oyib bo‘ldi. Eshik va deraza romlarining butligi hamda pullarning oz-ozdan o‘g‘irlanishi xonadon sohibini shubhalantirib qo‘ydi. Shundan so‘ng u xonaga xufiyona kuzatuv kamerasini o‘rnatdi. Ertasi kuni Sultonboy yana 1 million so‘m puli joyida yo‘qligini bildi va darhol kuzatuv kamerasi xotirasidagi yozuvlarni ko‘zdan kechirdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yaxshi niyat bilan shar’iy nikohdan o‘tgan ayoli Muborak kalit tanlash yo‘li bilan xonaga kirib pullarni o‘g‘irlagan ekan.

Sultonboy bu haqda tuman IIBga murojaat qildi. Inkor etib bo‘lmas dalillar oldida mulzam bo‘lgan Muborak qilmishini tan olishdan boshqa chora topa olmadi.

Endi u qilmishiga yarasha jazo olishi tayin, deb yozmoqda Postda.uz nashri.