Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon TURDIMOV: Har xil hisobotu raqamlardan ko‘ra, odamlarning kayfiyati, o‘z taqdiriga, davlat siyosatiga ishonchi muhim

Bugunning rahbari, nazarimda, uchta holatdan to‘g‘ri xulosa chiqara olishi lozim. Ya’ni, koronavirusga qarshi kurashdagi xalqaro vaziyat, davlatning nuqtai nazari va xalqning talabi. Chunki bu boradagi axborot va tahlil ishni oqilona tashkil etishda yordam beradi. Zero, rahbarlik o‘zi boshqarayotgan hudud elining taqdiriga javob berish mas’uliyatini yuklaydi.

Bedorlik, hushyorlik odamlarning bizga ishonchi, bizga suyanishi bilan bog‘liq. Shunday ekan, Prezidentning farmon va qarorlari mohiyati har bir fuqaroga yetib borishi va ular bu chora-tadbirlar samarasini bugun sezishi kerak. Bugun bizga har xil hisobotu raqamlardan ko‘ra, odamlarning kayfiyati, o‘z taqdiriga, davlat siyosatiga ishonchi muhimroq. Shunday ekan, joylarda aholi ehtiyojini qondirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish, har bir kishini mehnatga, ijtimoiy faollikka chorlash har birimizning kechiktirib bo‘lmas hamda sharafli vazifamizdir.

Binobarin, xalq bizning faoliyatimizga ana shu nuqtai nazardan baho beradi.