Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erta nikohning xatarli ekanini qachon anglaymiz?

Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kollejida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda shu haqda gap bordi.

Huquqshunoslar, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi vakillari,  ota-onalar va yoshlar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, xotin-qizlarimizga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ayniqsa, bo‘lg‘usi onalarning salomatligini muhofaza qilish, xonadonlarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

- Bu borada bir qator targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda, - deydi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi rahbari Mavluda Nurillayeva. – Ammo ayrim ota-onalar farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o‘ylamay, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin, deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi. Oqibatda bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyatiga, qolaversa, yosh oilaning mustahkamligi, tug‘ilajak farzandining sog‘lom dunyoga kelishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi tadbir noan’anaviy tarzda o‘tdi va ishtirokchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan xulosani chiqardi.

To‘lqin SIDDIQOV.