Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransuz aktyori Ulug‘bek obrazida sahnaga chiqadi

Joriy yilning 11-14 aprel kunlari Samarqand shahrida Fransiyadagi Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi tashkil topganligining 30 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar o‘tkaziladi.

Tadbirlarga 50 nafarga yaqin fransiyalik tarixchi va arxeolog olimlar, assotsiatsiya mutasaddilarining tashrifi kutilmoqda.

Registondagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida mamlakatimiz, xususan, Sohibqiron va avlodlarining Yevropa davlatlari orasida tanilishiga katta hissa qo‘shgan mutaxassislarning Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasining 30 yillik faoliyati taqdimoti o‘tkaziladi. Arxeologiya institutida «Temuriylar davrida madaniyat va san’at» mavzusida ko‘rgazma namoyish etiladi.

Fransiyaning «Komedii Fransez» teatri aktyori F.Shato O‘zbek davlat drama teatri rejissyori O.Salimov sahnalashtirgan «Ulug‘bek» spektaklida bosh qahramon obrazida sahnaga chiqadi.

Mehmonlar o‘zbek milliy kiyimlari va an’anaviy «Ikat» mavzusida moda namoyishi, O‘zbekiston xalq artisti M.Yo‘lchiyevaning konsert dasturlaridan bahramand bo‘lishadi.