Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gripp insultga olib kelishi mumkin ekan

Gripp bilan og‘rishdan keyin insultga chalinish xavfi 1,5 martaga oshadi va yil davomida saqlanib turadi, deb yozadi "Mir novostey" (2019 y. 11-son) haftanomasi.

Kolumbiya universiteti olimlari mijozlarning 31 mingta tibbiy kartasini tahlildan o‘tkazdilar. Aniqlanishicha, mijozlar orasida insultgacha keyingi 15 kunda gripp bilan og‘riganlar 40 foiz ko‘p ekan. Yana ma’lum bo‘lishicha, gripp bilan og‘riganlarda insultga chalinish xavfi yil davomida saqlanib turar ekan. Vrachlarning fikricha, buning sababi, gripp qon tomirlarni uvishtirib, qon oqimini buzar ekan va bo‘yinda qon aylanishiga to‘sqinlik qilib, tromblar - tiqinlar hosil bo‘lishiga olib kelarkan.

Nyu-York shtati sog‘­liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shu dardga chalinganlarning 70 foizga yaqini keyingi 30 kun davomida gripp bilan og‘riganlar ekan. Shuni ta’kidlash lozimki, insultga sabab bo‘luvchi bo‘yin qon tomirlari xastaligiga chalinganlarning 25 foizi 45 yoshdan kichik mijozlar bo‘lib chiqdi.

- Grippdan keyin bosh va bo‘yin og‘rig‘i paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling, - deydi olimlar. - Grippni boshdan o‘tkazganlar sog‘ayib ketdim, deb g‘aflatda qolmasligi kerak. Uning asorati nafaqat yurak-qon tomirlari xastaligi, balki boshqa asoratli kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun grippdan keyin uzoq vaqt jismoniy chiniqish, tozalik, ovqatlanish rejimiga amal qilish, organizmni og‘ir yumushlar bilan zo‘riqtirmaslik kerak.