Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Gulistonda ayollar janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Joriy yilning 29 iyul kuni Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida yashovchi 22 yoshli N.P. ismli ayol Mevazor mahallasida yashovchi 43 yoshli M.D. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal oqibatida uni tanasining turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada M.D. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.P. ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.