Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hindiston va Pokiston 20 yil ichida birinchi marta o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi

Hindiston va Pokiston harbiy qo‘mondonlari «nazorat chizig‘i»da o‘q uzishni to‘xtatishga va 25 fevraldan boshlab barcha kelishuvlarga qat’iy rioya qilishga kelishib oldi. Bu haqda The Washington Post yozadi.

«Nazorat chizig‘i» - bu aslida davlatlar chegarasi bo‘lgan Kashmirdagi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi demarkatsiya chizig‘idir.

Bunday kelishuv mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytiradi, deb ta’kidlamoqda Washington Post gazetasi.

RIA Novosti Hindiston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga asoslanib yozishicha, yig‘ilish qatnashchilari har qanday kutilmagan vaziyat yoki tushunmovchilikni hal qilish uchun mavjud aloqa mexanizmlaridan foydalanilishini tasdiqladi.

Sobiq Jammu va Kashmir knyazligining hududi aslida Hindiston va Pokiston o‘rtasida bo‘lingan bo‘lsa-da, ikki tomon ham mintaqa ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishni talabgor. Shuning uchun ko‘p sonli hind va Pokiston qo‘shinlari mamlakatlarning shartli chegarasi chizig‘ida doim to‘planadi.