Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim o‘rinbosarlari aytilmagan to‘yga bordi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi kengashlarining qo‘shma majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror qonunan kuchga kirgunga qadar ham to‘ylarni dabdabasiz, ixcham o‘tkazish maqsadida hokimlik va boshqa tashkilot mas’ullari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, o‘tkazilayotgan to‘ylar o‘rganilmoqda.

Kecha viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimova hamda Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi vakillari bilan Samarqand shahrida bo‘layotgan to‘ylardan biriga bordi.

Hokim o‘rinbosarlari to‘yda kuzatilgan kamchilik va muammolar bilan tanishdi, ular bo‘yicha xulosa qildi.

Shundan so‘ng G.Alimova to‘y egalarini ushbu shodiyona bilan qutladi va kelin-kuyovga viloyat va shahar hokimliklari nomidan kitoblar sovg‘a qildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.