Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Oqdaryoda fuqarolarning 21 ta muammosiga yechim topdi

Oqdaryo tumani Avazali mahallasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xotamov fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolardan 81 ta murojaat kelib tushdi. Aholi bildirgan muammolarning 21 tasi joyida hal etildi, biriga huquqiy tushuncha berildi, 34 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa davlat organlariga yuborildi. 34 ta masala ichki ishlar organlarida ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Shuningdek, qabulda 14 nafar nogironlarga aravacha, hassa-tayoq va eshitish moslamalari, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga televizor, noutbuk kabi qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.