Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini ogohlantirdi

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

"Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga turli radikal, diniy ekstremistik va islom diniga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish Jinoyat kodeksining 156-modda (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish), 244 prim 3-modda (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)larida belgilangan javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi haqida ogohlantiramiz.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini (jurnalist, bloger va fuqarolar) omma e’tiboriga havola qilinayotgan ma’lumotlarni avvalo qonunga xilof emasligini o‘rganib chiqishingizni so‘raymiz", deyiladi vazirlik ogohlantirishida.