Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV o‘rinbosari tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila uyining tomi yopildi, xonalariga eshik-rom o‘rnatildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xatamov Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Oqdaryo, Urgut tumanlarida aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rgandi.

Uchrashuv davomida 139 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, masalalar yechimini topish bo‘yicha chora ko‘rildi.

Sayyor qabul jarayonida vazir o‘rinbosari yuqorida ta’kidlangan shahar va tumanlardagi kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Viloyatning chekka hududlarida yashovchi fuqarolarning turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Ayniqsa, Urgut tumanining Jarqishloq qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muqaddas Oripovaning yangi qurilgan uyi tomi yopib berildi va xonalarga eshik-romlar o‘rnatildi.

Muloqotlar jarayonida viloyat ichki ishlar organlari mutasaddilariga aholi muammolarini kamaytirish, ular tomonidan bildirilayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida nazoratga olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.