Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand shahrida yonayotgan transformator videosi yuzasidan ma’lumot berildi (video+foto)

Joriy yilning 4 oktyabr kuni “Exo Uzbekistana” telegram kanalida Samarqand shahrida yonayotgan trasformator yuzasidan video joylangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ushbu video yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

4 oktyabr kuni soat 15:19 da Samarqand shahri Ahillik mahallasi, R.Uzoqova ko‘chasi, 55-uy yonida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga bitta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yo‘naltirilgan. Bo‘linma chaqirilgan manzilga 3 daqiqada yetib borgan vaqtida yashash uyi oldida joylashgan “TP-250 18-20” rusumdagi transformator ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:26 da qurshab olinib, soat 15:40 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in joyi oldidagi yashash uyining 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘inga transformatorning qizib ketishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.  Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.