Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikki "Damas" to‘qnash kelishi natijasida biri ag‘darilib ketdi

Joriy yilning 11 may kuni soat 10:30 larda Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Ko‘prikboshi MFY hududidan o‘tgan 4R avtomobil yo‘lining 136-kilometrida, «Xo‘jaobod-Nargiz» yo‘nalishida haydovchi - 1999 yilda tug‘ilgan S.X. «Damas» rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, oldinda o‘zi bilan bir yo‘nalishda chap tomonga burilayotgan haydovchi - 1967 yilda tug‘ilgan M.Yu. boshqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasiga urilib, ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi S.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.