Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikkinchi mutaxassislik uchun o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan amaldor 15 ming pora bilan ushlandi

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Agrokimyo stansiyasi Toshkent filiali» MChJ direktori vazifasini bajaruvchi M.B. fuqaro S.O‘.ni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mazkur universitetning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 15.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu haqda Bosh prokratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.