Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Inspektorlar haydovchilarga festival bukletlarini tarqatmoqda

“Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivali oldidan Samarqand shahrida viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Inspektorlar haydovchilarga yo‘llarda harakatlanishda e’tiborli bo‘lish, haydovchilik madaniyatiga rioya etish hamda mahalliy aholi va mehmonlarga xushmuomala bo‘lish yuzasidan tushuntirish ishlari olib bormoqda. Festival ramzi tushirilgan eslatma va bukletlar tarqatilyapti. Yo‘nalishsiz taksilar, jamoat transportiga harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ogohlantiruvchi chaqiriqlar qo‘yilmoqda.

 Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmati.