Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin davrida Samarqand tumanida 300 ming AQSh dollariga pomidor eksport qilindi

Mamlakatimizning barcha hududlarida gidroponika usulida issiqxonalar tashkil etilayotgani sifatli poliz mahsulotlarini yetishtirishda muhim o‘rin tutmoqda. Bunday ixcham va samarador issiqxonalar ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini berayotir.

Samarqand tumani hokimi, prokuror, IIB boshlig‘i tumandagi “Green Agro Trade Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ana shunday innovatsion texnologiya asosida tashkil qilingan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

Joriy yilda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan issiqxonada ayni paytda pomidor parvarishlanmoqda. 8 kishi doimiy ish bilan band. Mavsum vaqtida bu yerda 20 nafar ishchi mehnat qiladi.

- Issiqxona 3 gektar maydonni egallagan bo‘lib, "Asaka bank" tomonidan ajratilgan 1,5 million AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga tashkil etilgan, - deydi issiqxona rahbari Soli Rahimov. - Ayni vaqtgacha issiqxonada yetishtirilgan pomidor ichki bozorga chiqarildi. Karantin bo‘lishiga qaramasdan, tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanib, mahsulotni Rossiya davlatiga eksport qilyapmiz. Bugungi kunga qadar 300 ming AQSh dollariga teng mahsulot eksport qildik.

Sektor rahbarlari karantin sabab tadbikorning faoliyatiga to‘siqlar bo‘lmasligi uchun kerakli tavsiyalarni berishdi. Mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati.