Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on shahrida nega avtobus yo‘q?

Odatda avtobus butun dunyoda eng arzon transport turlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Shu jihatdan u asosan ijtimoiy himoyasi past qatlamga xizmat ko‘rsatadi. Biroq bu transport turi barcha joylarda ham yo‘lga qo‘yilganmi (hali sifat haqida gapirma turamiz).

Xususan, Kattaqo‘rg‘on shahrida bu borada ahvol qanday?

Avvalo qayd etish lozimki, ushbu hudud viloyatimizda Samarqand shahridan keyingi ko‘hna va shu bilan birga alohida infratuzilmaga egaligi bilan ajralib turadi. Biroq bu yerda aholi arzon transport – avtobus xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega emas.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shaharda 4 ta avtobus yo‘nalishlarini tashkil qilish mumkin va zurar. Buning uchun 20 ta avutobus bo‘lsa kifoya. Xo‘sh, mahalliy hokimlik, viloyat transport boshqarmasi buning uchun nima qildi?

Amalda hech nima. Buning uchun mahalliy tadbirkorlarni jalb etish mumkin edi. Bundan tashqari, Kattaqo‘rg‘on shahrida Alisher Navoiy aylanma yo‘li harakatining va avtostansiya atrofida, poliklinika oldida, Buxoro va Qoradaryo ko‘chalari chorrahasida sun’iy ravishda “Taksi” turargohlari tashkil etilgan. Bu joylarda noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan “taksi”chilar “javlon” urmoqda. Mutasaddilar esa bunga befarq. Shahardagi mavjud 14 ta oraliq bekatlarning 4 tasi ta’mirtalab ahvolda.

Darvoqe, Kattaqo‘rg‘on shahrida noqonuniy taksilar to‘planadigan Alisher Navoiy, Buxoro ko‘chalaridagi Mirbozor va Payshanba yo‘nalishlarida maxsus “Taksi” to‘xtash joylari tashkil etilishi ham kerak.