Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda 300 nafarga yaqin fuqaroning dardi eshitildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari 10-13 noyabr kunlari Samarqand viloyatida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Bugun navbatdagi qabul kunining birinchi yarmida Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazildi. Unda shahar aholisi bilan birga Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlaridan kelgan fuqarolar ishtirok etdi.
Poytaxtdan kelgan mas’ullar viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman va shaharlar sektor boshliqlari bilan birga 300 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlarini eshitdi. Aholining ishga joylashish, kredit olish va boshqa bir qator masalalari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.