Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onlik bolalar zamonaviy tibbiyot maskanida davolanadi

Tibbiyot sohasi faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R.Qobilov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyozov, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A.Bahromov mamlakatimizda tibbiyot sohasini isloh qilishga qaratilgan tadbirlar natijasida so‘nggi yillarda tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

«Turon» ko‘p tarmoqli korxonasi quruvchilari tomonidan 4 milliard 300 million so‘m sarflanib bunyod etilgan yangi majmuada 80 o‘rinli terapiya va 40 o‘rinli bolalar kasalliklari bo‘limlari joylashgan.

Tadbir ishtirokchilari yangi bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, bu yerda hudud yoshlariga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

Shifoxonada davolanayotgan bemorlarga maxsus kiyim-kechaklar berilmoqda. 50 o‘rinli zamonaviy oshxona, bemorlar xonalari va yuvinish xonalari davolanuvchilar xizmatida.

Shuhrat QARSHIYEV.