Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koinot sirlari: Merkuriy sayyorasidagi bir kun Yerdagi ikki yildan uzunroq

Oyning Yerdan ko‘rinib turadigan eng ulkan krateri Beyli deb ataladi. Uning maydoni taxminan 26,000 kvadrat milga teng.

Yerga har kuni 27 tonna kosmik chang yog‘iladi. Bir yilda 10 ming tonnadan ortiq chang Yerga tushadi.

Agar o‘rgimchak ini tolasini Sentavr yulduzlar turkumidagi eng yaqin yulduzgacha tortib chiqilsa, tolaning og‘irligi besh yuz ming tonnani tashkil etgan bo‘lardi.

Galaktikamizda har yili qirqqa yaqin yulduz paydo bo‘ladi.

Oyning diametri 3 476 kilometrga teng.

Quyosh nuri Yerga 8,5 daqiqada yetib keladi.

Agar bir choy qoshiqni neytron yulduzlarini tashkil etuvchi modda bilan to‘ldirilsa, uning og‘irligi taxminan 110 million tonnaga teng bo‘lardi!

Dunyoda eng ko‘p xususiy meteoritlar kolleksiyasi amerikalik Robert Xaagga tegishli — u ikki tonna samoviy jismlarni yiqqan. Xaag meteorit yig‘ishni 12 yoshida boshlagan ekan.

Kaliforniyaning Palomar tog‘idagi teleskop 7,038, 835,200, 000,000, 000,000 mil masofadagi jismni kuzatishi mumkin..

Quyosh tizimidagi barcha sayyoralar Yupiter sayyorasining ichiga joylashishi mumkin.

Oddiy pochta markasi bilan teng bo‘lgan quyosh parchasi 1,500,000 dona sham yonganchalik yorug‘likni bera oladi.

Yerda og‘irligi yuz kiloga teng jismning og‘irligi Marsda 38 kiloga teng bo‘ladi.

Quyosh energiyasining 19 foizi atmosferaga singib ketadi, 47 foizi Yerga tushadi, 34 foizi esa koinotga qaytadi.

Merkuriy sayyorasidagi bir kun Yerdagi ikki yildan uzunroq. Merkuriy o‘z o‘qi atrofida juda sekin aylanadi, Quyosh atrofini esa 88 kundan ozroq vaqt ichida aylanib o‘tadi.

Manba Ziyouz.uz