Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘zi ojizlar maxsus maktabida qo‘shaloq bayram

Samarqand shahar madaniyat bo‘limiga qarashli 8-son ko‘zi ojizlar maxsus madaniyat markazida qo‘shaloq bayram – shahar kuni va “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Maktabning faxriy o‘qituvchi A.Abdumannonov ishtirokchilarga qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning shonli tarixi va buguni haqida so‘zlab berdi. Jurnalist A.Ermamatov o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni havola etdi.

Maktab tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan Samarqandni, ona yurt

ni madh etuvchi she’r, kuy va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Xurshida ERNAZAROVA.