Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Latviya universiteti delegatsiyasi Samarqandga keldi

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti delegatsiyasi mehmon bo‘ldi.
Delegatsiya a’zolari institut mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazib, Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetidagi ta’lim jarayonlari, yangi yo‘nalishlar, imkoniyatlar va ikki tomonlama Almashinuv dasturi xususida ma’lumot berishdi.

Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida, qolaversa, Yevropada o‘ziga xos nufuzga ega mazkur oliy ta’lim muassasasi SamVMIning yaqin hamkorlaridan biri sanaladi. Almashinuv dasturi bo‘yicha muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, institut talabalari Latviyadagi ushbu oliy ta’lim dargohiga shartnoma asosida o‘qishga yuboriladi, o‘qituvchi-professorlar malaka oshirib qaytishadi.
Uchrashuvda hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi.

SamVMI axborot xizmati.