Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maktablarda kimlar darslik bilan bepul ta’minlanadi?

Har yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 1-sinflarini, kam ta’minlangan oila farzandlarini bepul hamda qolgan o‘quvchilarni ijara tizimi asosida darsliklar bilan ta’minlanishi uchun alohida sa’y-harakatlar olib boradi.

Adliya vazirligi maktablarda kimlar darsliklar bilan bepul ta’minlanishi haqida ma’lumot berdi:

“Birinchi sinf, “Mehribonlik” uyi, maxsus maktab, maktab-internatlari va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o‘quvchilari maktabning kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi”.

Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o‘quvchilari ro‘yxati 1 sentyabrgacha fuqarolar yig‘ini iltimosnomasi va ota-onalar qo‘mitasi xulosasi asosida maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.