Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy Osiyo mamlakatlarida keksalarga o‘rtacha qancha pensiya to‘lanadi?

Tojikistonning “Asia Plus” nashri Markaziy Osiyo mamlakatlarida keksalarga o‘rtacha qancha pensiya to‘lanishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda jahon.uz xabar berayapti.

Unga ko‘ra, Tojikistonda keksalarga boshqa davlatlarga qaraganda kamroq to‘lanadi. Mamlakatda pensiya miqdori 310 somoni (33 dollar)ni tashkil etadi.

O‘zbekistonda esa mazkur ko‘rsatkich 352 152 so‘m (42 dollar), Qirg‘izistonda 4817 som (69 dollar), Qozog‘istonda 101 446 tenge (267 dollar)dir. Turkmanistonda esa pensionerlarga o‘rtacha 1050 manat (300 dollar) to‘lanadi.