Mashina boshqarish uchun yaqin qarindoshlar o‘rtasida ishonchnoma berish bekor qilinishi kutilmoqda
- 22.07.2019 12:22
- 1368
- Qonun va hujjatlar
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z Telegram kanalida ma’lum qilishicha, loyihada 2019 yil 1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o‘rtasida transport vositasidan foydalanishda notarial tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishonchnomaning bekor qilinishi belgilangan.
Agar ushbu farmon loyihasi rasman imzolanadigan bo‘lsa, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab mashina haydash uchun yaqin qarindoshlarni (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) sug‘urta polisida ko‘rsatishning o‘zi kifoya bo‘ladi, notariusdan ishonchnoma olish shart bo‘lmaydi. Muhokama 4 avgustga qadar davom etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Piraxa - hech qachon uxlamaydigan qabila
- Kecha, 18:49
- O'qing, qiziq!
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- Kecha, 16:28
- Qishloq xo'jaligi