MIB paxta tozalash zavodidan 1 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirib berdi
Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash zavodi” AJdan undiruvchi Oqdaryo tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 mlrd 377 mln 460 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Oqdaryo tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.
Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash zavodi” AJning bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash zavodi” AJga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Shuningdek, qarzdorga tegishli bo‘lgan, jamiyat hududida joylashgan 10 dona kompyuter va boshqa mol-mulklar xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi tushuntirilgan holda qarzdor “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash zavodi” AJning vakiliga topshirilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Yangiqo‘rg‘on paxta tozalash zavodi” AJdan undiruvchi Oqdaryo tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 1 mlrd 377 mln 460 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.
Majburiy ijro byurosi
Oqdaryo tuman bo‘limi.