Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Ramzan Qodirov” masjidi ochilishida qatnashadi

22 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham masjidning ochilish tadbirida ishtirok etish uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu nufuzli marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi. Shuningdek, masjidning ochilish marosimi doirasida turli diniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, mazkur ulug‘vor masjid me’morchilik an’analarini bezavol saqlab kelayotgan mahoratli o‘zbek me’morlari tomonidan loyihalashtirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda qurilgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 16 oktyabr kuni Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov mamlakatimizga qilgan safari mobaynida Toshkent shahridagi “Hazrati Imom” majmuasiga tashrif buyurgan edi.