Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Namanganda poyezd 82 yoshli fuqaroni urib ketdi

Bugun, 2 dekabr kuni soat 05:50 larda elektrovoz mashinisti 28 yoshli A.Sh. boshqaruvidagi 1230-sonli yuk poyezdi Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tuvchi “Qo‘shminor-Pop” temir yo‘l oralig‘ining 115-kilometri 1-piketida harakatlanib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda - 82 yoshli T.M.ni urib yuborgan. Oqibatda T.M. hodisa joyida vafot etgan.

1230-sonli yuk poyezdi soat 05-50 da to‘xtab, soat 06-37 da o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketgan, deya xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.