Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Narpayda ilk mehmon uyi ish boshladi

Samarqand viloyati tumanlarida ham sayyohlik rivojlana borgani sayin, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari e’tiborga olinmoqda.

Xususan, Narpayda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti xodimlari sa’y-harakati bilan mehmon uylari ochish bo‘yicha amaliy ishlarga qo‘l urildi.

Tumanda «Suyun ota» nomli ilk mehmon uyi ochildi. Mehmon uyi mahalliy va  xorijiy sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan 10 o‘rinli 6 xonani o‘z ichiga olgan.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.